Home avatar

Iskandar Maxmudov

Loyiha boshqaruvi: Metodologiyalar, bosqichlar va vositalar

Loyiha boshqaruvi — bu ma’lum bir maqsadga erishish uchun resurslarni samarali tashkil etish, rejalashtirish va nazorat qilishning muhim jarayonidir. Loyihalar turli sohalarda, jumladan, qurilish, muhandislik, sog’liqni saqlash va moliya kabi sektorlarda keng qo’llaniladi. Loyihaning asosiy xususiyati shundaki, u noyob mahsulot, xizmat yoki natijani yaratishga qaratilgan vaqtinchalik sa’y-harakatdir. Loyihalar katta yoki kichik, oddiy yoki murakkab, arzon yoki juda qimmat bo’lishi mumkin, ammo ularning barchasi samarali boshqaruvni talab qiladi. Loyihaning miqyosi va murakkabligidan qat’i nazar, puxta rejalashtirish, resurslarni oqilona taqsimlash va doimiy nazorat muvaffaqiyatli yakunlash uchun kalit hisoblanadi.

Toyota Yo'li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv prinsipi

Toyota kompaniyasi muvaffaqiyatining siri nimada? Bu savol ko’pchilikni qiziqtiradi. Javob esa Michigan Universiteti professori Jeffri Laykerning “Toyota yo’li: Dunyodagi eng yirik ishlab chiqaruvchining 14 ta boshqaruv prinsiplari” nomli xalqaro bestsellerida yotadi. Kitob 2004-yilda nashr etilgan bo’lsa-da, hozirgi kunda ham ishlab chiqarish sohasida keng qo’llaniladi.

Kitobda nafaqat Toyota kompaniyasining muvaffaqiyati, balki uning mashhur Toyota Ishlab Chiqarish Tizimi (Toyota Production System - TPS) haqida ham batafsil yozilgan. Bu tizim 1990-yillarda “tejamkor ishlab chiqarish” tushunchasiga asos soldi va korporativ madaniyatning muhim qismiga aylandi. Tizimning eng asosiy tushunchalaridan biri – kaizen, ya’ni doimiy takomillashuvdir.

5S tizimi: Tartib, intizom va samaradorlik garovi

Tejamkor ishlab chiqarish* vositalaridan biri sifatida 5S nafaqat ish joyini tartibga solishda, balki ish unumdorligi, xavfsizligi va sifatini oshirish hamda umumiy xarajatlarni kamaytirish uchun ham qo’llaniladi. 5S tushunchasi yapon tilidan kelib chiqqan bo’lib, quyidagi 5 ta so’zning qisqartmasidir:

  • Seiri (Saralash)
  • Seiton (Tartibga keltirish)
  • Seiso (Tozalash)
  • Seiketsu (Standartlashtirish)
  • Shitsuke (Barqarorlashtirish)

* Ingliz tilida “lean manufacturing”, rus tilida “berejlivoye proizvodstvo”

Seiri bosqichida ish joyidagi barcha buyum va jihozlar kundalik ishda zarur va zarur bo’lmaganlariga ajratiladi. Buning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

Avval tushunishga, keyin tushunilishga intilmoq

Agar mijozingiz biron sabab tufayli jahli chiqib norozilik bildirayotgan paytda vaziyatni yumshatish uchun qanday yondashgan va unga nima degan bo’lar edingiz? Nega o’zini sohasida bilimi juda kuchli bo’lmasa ham ba’zi hamkasblaringiz lavozim pog’onalarida tezroq ko’tarilishadi? Nega ishdagi biron muammoga sizning nazaringizdagi eng zo’r (texnik) yechim bo’lishiga qaramasdan uni amalda oshirish siz kutganingizdan ko’ra ko’proq vaqt oladi? Agar ushbu savollarga javoblarni bilmoqchi bo’lsangiz, maqolani o’qishda davom eting.

Professional ko’nikmalar odatda “qattiq” (ruschada “tverdie naviki”, inglizchada “hard skills”) va “yumshoq” (“gibkie naviki”, “soft skills”) ko’nikmalarga bo’linadi. Birinchisi odatda taʼlim muassasalarida yoki Internet tarmoqlarida o’rganilsa, ikkinchisini o’rganishga asosan hayotiy va ish tajribasi orqali erishiladi. Birinchisini miqdorini oson aniqlash mumkin (masalan, biror malakaga erishganlik haqida diplom yoki sertifikat), ikkinchisini esa ko’proq ish jarayonida kuzatib baholash talab qilinadi. Masalan, yumshoq ko’nikmalar turiga muomala va muloqot madaniyati, fikrni sotish qobiliyati, yetakchilik, muammoni yechish, jamoada ishlash, vaqtni boshqarish, ish jarayonidagi nizolarni hal qilish kabilar kiradi.

Kayzen: Doimiy takomillashtirishning kuchi va biznesdagi o'rni

Kaizen (kayzen) yaponcha atama bo’lib, “yaxshilanish” yoki “yaxshi tomonga o’zgarish” degan ma’noni anglatadi. Biznes va menejment kontekstida kayzen samaradorlik va unumdorlikni oshirish uchun jarayonlar va tizimlarni bosqichma-bosqich yaxshilashga intiladigan doimiy takomillashtirish falsafasini anglatadi.

Kayzen birinchi marta Yaponiyada Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakatni qayta qurish va jahon bozorida raqobatbardoshligini oshirish usuli sifatida joriy etilgan. Keyinchalik Masaaki Imay tomonidan 1986-yilda nashr etilgan “Kayzen: Yaponiyaning raqobatbardosh muvaffaqiyatining kaliti” kitobi orqali G’arbda ommalashgan. O’shandan beri u butun dunyo bo’ylab turli tashkilotlar va kompaniyalar tomonidan samaradorlik, unumdorlik (mahsuldorlik) va mijozlar ehtiyojini qondirishni yaxshilash usuli sifatida qo’llanib kelinadi.

Ishlab chiqarishdagi 8 xil isrof (TIMWOODS): Samaradorlikni oshirish sirlari

Zamonaviy biznes olamida muvaffaqiyatga erishish uchun samaradorlik va unumdorlik juda muhim omillar hisoblanadi. Mijozlarning o’sib borayotgan talablarini qondirish, qisqa muddatli buyurtmalarni o’z vaqtida bajarish va yuqori sifatli mahsulotlarni yetkazib berish bosimi ortib borayotgan bir paytda, ishlab chiqarish yoki xizmat ko’rsatish jarayonlaridagi isroflarni bartaraf etish har qachongidan ham dolzarbroq masalaga aylanmoqda. Ushbu maqolada biz tejamkor ishlab chiqarishda uchraydigan 8 ta asosiy isrof turlarini va ularning oldini olish usullarini ko’rib chiqamiz.

Qo'shimcha ma'lumot

Avvalo, tejamkor ishlab chiqarish falsafasida qo’llaniladigan muhim tushunchalardan biri — bu faoliyat turlarini tasniflashdir. Iste’molchi nuqtai nazaridan qaraganda, barcha faoliyatlarni uch turga ajratish mumkin:

Ishlab chiqarishning 10 ilmiy qonuni: Samaradorlik va unumdorlik sirlari

Ishlab chiqarish jarayonlari bir qator ilmiy qonuniyatlar bilan boshqariladi. Amerikalik sanoat va operatsion muhandislik professorlari Wallace J. Hopp va Mark L. Spearman tomonidan yozilgan “Zavod Fizikasi” (Factory Physics) nomli kitobda ishlab chiqarishdagi bir nechta asosiy bog’liqliklar aniqlangan va matematik jihatdan isbotlangan. Ushbu qonunlar va tahliliy formulalar yordamida ishlab chiqaruvchilar o’z ishlab chiqarish tizimlarini diagnostika qilishlari hamda unumdorlik, tsikl vaqti, mahsulot sifati va mijozlar ehtiyojlarini qondirish kabi sohalarda sezilarli yaxshilanishlarni amalga oshirishlari mumkin.

Ta'sirchan taqdimot tayyorlash va taqdim etish san'ati

Taqdimot qilish mahorati inson hayotidagi eng asosiy ko’nikmalardan biri hisoblanadi. Bu ko’nikma o’qish davrida ham, ish faoliyatida ham doimiy ravishda qo’l keladi. Har bir inson ma’lum vaqtda o’z fikrlarini boshqalarga yetkazish va ishontirish uchun taqdimot qilishga to’g’ri keladi. Taqdimot jarayonining bir nechta kerakli qoidalarini o’rganib olish orqali taqdimotlarni yaratish va taqdim etishni oson va samarali ishga aylantirish mumkin.

Ta’sirchan taqdimot (ya’ni prezentatsiya) yaratishda amerikalik professor Andrew Abelaning “Ekstrim Taqdimot” usulidan foydalanish mumkin. Ushbu usul taqdimot yaratishdan oldin bir qator savollarga javob topishni tavsiya qiladi. Bu savollar taqdimot ustida ishlashga ketadigan vaqtni samarali sarflashga yordam beradi. “Ekstrim Taqdimot” usuli jami 10 ta elementdan tashkil topgan bo’lib, ular taqdimotning turli jihatlarini qamrab oladi.

Ishlab chiqarish uskunalarining samaradorligini (OEE) oshirish yo'llari

Zamonaviy ishlab chiqarish korxonalarida uskunalarning unumdorligini oshirish eng muhim vazifalardan biridir. Buning uchun sanoatda keng qo’llaniladigan “Overall Equipment Effectiveness” (OEE) yoki uskunalarning Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichlari (USK) deb nomlangan tahliliy usuldan foydalanish mumkin. Ushbu maqolada biz USK haqida batafsil to’xtalib o’tamiz va uni amaliyotda qo’llash yo’llarini ko’rib chiqamiz.

USK - bu ishlab chiqarish jarayonidagi uskunalarning umumiy samaradorligini o’lchaydigan ko’rsatkich bo’lib, u uch asosiy omilni hisobga oladi:

  1. Yaroqlik (Availability) - uskunaning rejalashtirilgan vaqtda ishlash qobiliyati.
  2. Unumdorlik (Performance) - uskunaning haqiqiy tezligi va nazariy maksimal tezligi o’rtasidagi nisbat.
  3. Sifat (Quality) - ishlab chiqarilgan mahsulotlarning sifat standartlariga muvofiqligi.

Umumiy Samaradorlik Ko’rsatkichi = Yaroqlik x Unumdorlik x Sifat

Rezyume (CV) tuzish bo'yicha to'liq qo'llanma: namunalar va maslahatlar

Rezyume ish qidiruvchilar uchun muhim vositalardan biridir. Chunki u potensial ish beruvchilarga sizning ish tajribangiz, ma’lumotingiz va kasbiy ko’nikmalaringiz haqida qisqacha ma’lumot beradi. Shu bilan bir qatorda, rezyume sizning yutuqlaringiz va malakalaringizni namoyish qilish va nima uchun e’lon qilingan ish joyiga eng munosib ekanligizni ko’rsatish uchun yana bir imkoniyatdir. Ammo har xil turdagi rezyumelar mavjud bo’lgani sababli, boshida qayerdan boshlash sizga qiyin tuyulishi mumkin. Ushbu maqolada rezyumelar haqida umumiy ma’lumotlar va qolgan raqobatchi nomzodlardan ajralib turishingizga yordam beradigan foydali maslahatlar beriladi.