Muallif haqida

O’zbekcha

Men, Iskandar Maxmudov, Toshkent shahrida tug‘ilib o‘sganman. Ma’lumotim bo‘yicha sanoat muhandisi (Industrial Engineer), kasbiy faoliyatimga ko‘ra esa operatsion samaradorlikni boshqarish (Operations Performance Management) bo‘yicha mutaxassisman.

2012-yilda Shvetsiyaning Qirollik texnologiya institutida (KTH) “Ishlab chiqarishni boshqarish va muhandislik” yo‘nalishi bo‘yicha magistrlik darajasini, 2015-yilda esa Niderlandiyaning Eyndxoven texnika universitetida (TU/e) “Sanoat muhandisligi” bo‘yicha muhandislik fanlari doktori (EngD) ilmiy darajasini olganman.

Bugungi kunga qadar avtomobilsozlik (General Motors, Inalfa Roof Systems), yuqori texnologiyalar (ASML, CoreDux) va tibbiyot (Philips, Bausch + Lomb, Maxima Medical Centre) sohalarida 15 yildan ortiq xalqaro tajribaga egaman. Ushbu davr mobaynida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, ta’minot zanjirini boshqarish, sifat nazorati va barqaror rivojlanish strategiyalarini ishlab chiqish bo‘yicha konsultant va loyiha rahbari sifatida faoliyat yuritdim. Shuningdek, loyiha va ta’minot zanjiri boshqaruvi bo‘yicha xalqaro sertifikatlarga (APICS CSCP, PMI PMP, Scrum PSM I va Lean Six Sigma Black Belt) egaman.

Blogda bildirilgan barcha fikrlar mening shaxsiy qarashlarim bo‘lib, ular vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, sayqallanib boradi.


Русский

Меня зовут Искандар Махмудов, я родился и вырос в Ташкенте. По образованию я промышленный инженер (Industrial Engineer), а по профессии — специалист по управлению операционной эффективностью (Operations Performance Management).

В 2012 году я окончил магистерскую программу «Управление и инжиниринг производства» в Королевском технологическом институте (Швеция), а в 2015 году получил степень доктора инженерных наук (EngD) по направлению «Промышленный инжиниринг» в Техническом университете Эйндховена (Нидерланды).

Я обладаю более чем 15-летним международным опытом работы в роли консультанта и руководителя проектов. Моя специализация охватывает повышение эффективности производства, управление цепями поставок (SCM), обеспечение качества и разработку стратегий устойчивого развития. Я работал в таких отраслях, как автомобилестроение (General Motors, Inalfa Roof Systems), высокие технологии (ASML, CoreDux) и здравоохранение (Philips, Bausch + Lomb, Maxima Medical Centre).

Кроме того, имею ряд профессиональных сертификатов в области управления проектами и цепями поставок: APICS CSCP, PMI PMP, Scrum PSM I и Lean Six Sigma Black Belt.

Все мнения, высказанные в этом блоге, являются моими личными взглядами, которые могут меняться и трансформироваться со временем.